O'zbekiston Respublikasiga qaytish guvohnomasi Elchixonaning Konsullik bo'limi tomonidan O'zbekiston Respublikasi hududida doimiy ro’yxatdan o’tgan O'zbekiston Respublikasi fuqarolari va fuqaroligi bo'lmagan shaxslarga O'zbekiston Respublikasi fuqarosi pasporti yoki fuqaroligi yo’q shaxs guvohnomasi yo'qolgan, yaroqsiz holga kelgan, muddati o’tgan, barcha betlari foydalanib bo’lingan hollarda rasmiylashtiriladi.
O'zbekiston Respublikasiga qaytish guvohnomasini olish uchun murojaat etuvchi Elchixonaga shaxsan tashrif buyurib (ozodlikdan mahrum etish muassasalarida saqlanayotgan shaxslar bundan mustasno), konsullik suhbatidan o'tishi va quyidagi hujjatlarni taqdim etishi kerak:
1. To'ldirilgan Anketa-ariza. Anketa elektron shaklda O'zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining Interaktiv konsullik xizmatlari veb-saytlari
consulate.mfa.uz orqali to'ldiriladi. Onlayn fotosurat kiritilib har bir ustunda to'liq ma'lumotlar bilan to'ldirilgan anketa haqiqiy deb hisoblanadi.
To'ldirgandan so'ng, anketa yuqori o’ng burchagida shtrixli kod bilan tayyor bo'ladi va uni varaqqa bosmalash talab etiladi;
2. 3,5 x 4,5 sm o'lchamdagi elektron fotosurat (3x4 hajmda).
3. Pasportning asli va nusxasi (yaroqsiz holga kelgan va muddati o’tgan, barcha betlari foydalanib bo’lingan hollarda).
4. Politsiyadan pasport yo'qolganligi/o'g'irlatilganligi to'g'risidagi ma’lumotnoma (pasport yo'qolgan taqdirda). Ma’lumotnoma qabul qiluvchi mamlakatning vakolatli idorasi tomonidan tasdiqlangan va qasamyod qilgan tarjimon tomonidan o'zbek yoki rus tillariga tarjima qilingan bo'lishi kerak (latish, litva, eston yoki fin tillarida berilgan bo'lsa). Ushbu ma’lumotnomaning asli va nusxasi tarjimasi bilan birga taqdim etiladi.
5. Pasport yo'qotilgan taqdirda, iloji boricha yo'qolgan pasport yoki O'zbekiston Respublikasining vakolatli idoralari tomonidan berilgan boshqa shaxsni tasdiqlovchi hujjat nusxasini taqdim etish kerak.
6. Tug'ilganlik to'g'risidagi guvohnomaning nusxasi. Tug'ilganlik to'g'risidagi guvohnomalar:
a) O'zbekiston Respublikasi hududidagi FHDYO idoralari tomonidan yoki xorijdagi O'zbekistonning konsullik muassasalarida berilgan tug'ilganlik to'g'risidagi guvohnomalar (Legalizatsiya yoki Apostil, hamda tarjima talab qilinmaydi);
b) Xorijiy davlatlar FHDYO idoralari tomonidan berilgan tug'ilganlik to'g'risidagi guvohnomalar. Ushbu hujjatlar belgilangan tartibda apostil qilinishi va o'zbek yoki rus tiliga notarial tarjima qilingan bo'lishi lozim.
Apostil qilingan Tug'ilganlik haqidagi guvohnoma qasamyod qilgan tarjimon tomonidan o'zbek yoki rus tiliga tarjima qilinadi.
7. Voyaga etmaganning ota-onalarining yoki boshqa qonuniy vakillarining pasportlarining (biometrik bo'lmagan, biometrik va/yoki xorijga chiqish biometrik) nusxa (16 yoshgacha bo'lgan bolalar uchun).
8. Voyaga etmaganning ota-onalarining nikoh tuzilganligi haqidagi guvohnomasi nusxasi.
9. Konsullik yig'imi to'langanligi to'g'risidagi kvitansiya - (To'lov yo'llanmasi yuqoriagi hujjatlar Elchixonaga to'liq va to'g'ri taqdim etilgach beriladi).
Sertifikat berish faqat O'zbekiston Respublikasi vakolatli idoralaridan tegishli tasdiq olinganidan keyingina amalga oshiriladi.
O'zbekiston Respublikasiga qaytish uchun guvohnoma bir oydan uch oygacha bo’lgan muddatga rasmiylashtiriladi va muddati uzaytirilmaydi.
O'zbekiston Respublikasiga qaytish uchun guvohnoma har bir shaxs uchun alohida rasmiylashtiriladi. Voyaga etmagan bolalar haqidagi ma’lumot boshqa shaxsning guvohnomasiga kiritilmaydi.
O'zbekiston Respublikasiga qaytish uchun guvohnoma yaroqsiz holga kelgan, muddati o’tgan yoki barcha betlari foydalanib bo’lingan pasport o’rniga berilgan hollarda, mazkur eski passport Elchixonaga topshirilishi shart.
O'zbekiston Respublikasiga qaytib kelgandan so’ng, mazkur guvohnoma 10 kundan kech bo'lmagan muddada ichki ishlr idoralariga topshirilishi shart.
Quyidagi hollarda murojaat etuvchiga O'zbekiston Respublikasiga qaytish uchun guvohnoma berilmasligi mumkin:
- o'zi haqida bila turib yolg'on ma'lumot berish yoki hujjat yo’qotilganligi bo’yicha soxta xabar berish;
- taqdim etilgan hujjatlarning belgilangan talablarga nomuvofiqligi (ro'yxat asosida tayyorlanmaganligi, noto'g'ri to'ldirish).
Elchixonadagi barcha konsullik harakatlari uchun to'lov pul o'tkazish yo'li bilan (internet bank/ oddiy bank yoki murojjatchiga qulay bo'lgan pochta bo'limlarida) amalga oshiriladi.