Elchixona bilan bog`laning
Telefon
Konsullik masalalari bo‘yicha
Telefon

Investitsiya va Eksport

...
Ўзбек тўқимачилик маҳсулотларининг сифати ва анъаналарини кашф этинг
10.11.2025

Ўзбекистон юқори сифатли пахта етиштириш бўйича дунёда етакчилардан бири бўлиб, тўқимачилик саноатининг тўлиқ цикли - хомашё етиштиришдан тортиб тайёр маҳсулот ишлаб чиқаришгача муваффақиятли ривожланмоқда.
Бугунги кунда Ўзбекистон корхоналари сифатли ва барқарор ишлаб чиқаришнинг халқаро стандартларига жавоб берадиган замонавий технологияларни жорий этмоқда, Европа ва Осиё експорт бозорларини фаол ўрганмоқда.

Textilefinds.com - бу Ўзбекистоннинг пахта, мато, кийим-кечак ва уй тўқимачилик маҳсулотларини ишлаб чиқарувчи, етакчи ишлаб чиқарувчиларни бирлаштирган замонавий онлайн платформа.

Textilefinds.com портали,  халқаро ҳамкорликни мустаҳкамлаш, тўғридан-тўғри шериклик алоқаларини ўрнатиш ва маҳаллий ишлаб чиқарувчилар маҳсулотларини ташқи бозорларда илгари суриш мақсадида яратилган платформадир.

Бу ерда корхоналар каталоглари, ишлаб чиқариш объектлари, маҳсулот турлари, шунингдек ишбилармонлик алоқаларини ўрнатиш имкониятлари ҳақида маълумотлар келтирилган.
Веб-сайтга ташриф буюриб, қадимий ҳунармандчилик анъаналари, табиий хом ашё ва замонавий технологияларни ўзида мужассам этган Ўзбекистон тўқимачилик маҳсулотларининг кенг танлови билан танишишингиз мумкин.

...
O‘zbekistonda investitsiyaviy jozibadorlikni oshirish loyihasi amalga oshirilmoqda
22.06.2024

Joriy yilning 6-mart kuni O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri Laziz Kudratov Toshkent shahrida o‘tkazilgan “O‘zbekistonda investitsiya siyosatini barqaror isloh qilish bo‘yicha yo‘l xaritasi” loyihasining ochilish marosimida ishtirok etdi. Loyiha Osiyo taraqqiyot banki (OTB), Yevropa Ittifoqi, Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti (IHTT) ishtirokida amalga oshirilmoqda.

Tadbirda, Yevropa Ittifoqining O‘zbekiston Respublikasidagi elchisi Sharlotta Adrian, OTBning O‘zbekistondagi vakolatxonasi direktori Kanokpan Lao-Araya, IHTT, XMK (Xalqaro moliya korporatsiyasi), OTB hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Xorijiy investorlar kengashi ekspertlari ishtirok etdi.

Ma’lumot uchun: O‘zbekiston hukumatining so‘roviga binoan, Yevropa Ittifoqi va OTBning moliyaviy ko‘magida IHTT OTB bilan birgalikda investitsiya muhitini, to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar samaradorligini va ularning barqaror rivojlanish, savdo va investitsiyalar ortasidagi munosabatlarga ta’sirini baholash va tahlil qilish loyihasini amalga oshirmoqda. Shuningdek, to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar qiymat qo‘shilishining zanjirlariinfratuzilmani rivojlantirish, “yashil rivojlanish” va raqamlashtirishga investitsiyalar oqimini kengaytirish imkoniyatlariga ta’siri, imtiyozlar va preferensiyalar tizimi samaradorligi va boshqa yo‘nalishlar tahlil qilinadi.

O‘z nutqida Laziz Kudratov O‘zbekistonda investitsiya muhitini yaxshilash va investorlar manfaatlarini himoya qilishni ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli ishlar samaralarini ta’kidladi.

Tadqiqot natijalari investitsiya muhitini yaxshilash, islohotlarni amalga oshirishni qo‘llab-quvvatlash va to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarning uzoq muddatli istiqbolda mamlakat iqtisodiy rivojlanishiga maksimal ta’sirini ta’minlash bo‘yicha dalillarga asoslangan tahlil va moslashtirilgan tavsiyalar bo‘lishi kutilmoqda.

Xususan, loyiha mamlakatimizga investitsiyaviy jozibadorlik indeksidagi o‘rnini yaxshilash, IHTTning “Xalqaro investitsiyalar va ko‘pmillatli korxonalar to‘g‘risida”gi deklaratsiyasiga qo‘shilish va IHTTning davlatlarining ilg‘or tajribalarini joriy etgan holda investitsiyalar sohasidagi me’yoriy-huquqiy bazani uyg‘unlashtirish imkonini beradi.

Mazkur loyihani amalga oshirish uchun masʼul vazirlik va idoralar, jumladan, Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Energetika vazirligi, Atrof-muhitni muhofaza qilish vazirligi, Qishloq xo‘jaligi vazirligi va Statistika agentligi bilan birgalikda ishchi guruh tashkil etiladi

...
ISSV Oʻzbekiston eksportchilarini toʻgʻridan-toʻgʻri qoʻllab-quvvatlash boʻyicha davra suhbatlari tashkil etmoqda
22.06.2024

Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi tomonidan eksport faoliyatining dolzarb masalalariga bag‘ishlangan davra suhbatlari o‘tkazib borish yo‘lga qo‘yildi. Uchrashuvlar mahalliy eksportchilar oldida turgan to‘siqlarni samarali bartaraf etish maqsadida hukumat va eksport hamjamiyatining ochiq muloqot formatida tashkil qilinmoqda. Ko‘tarilgan har bir masala alohida ko‘rib chiqilib, uni hal etishning samarali yo‘llari ishlab chiqilmoqda.

Tashabbus doirasida har hafta vazirlik vakillari va eksportchilarning turli guruhlari o‘rtasida faoliyat yo‘nalishiga qarab uchrashuvlar o‘tkazilmoqda. Ishtirokchilarga qulaylik yaratish maqsadida ixtisoslashtirilgan telegram kanallari, chatlari va guruhlari tashkil etilgan. Kanallarda tadbirkorlar dolzarb maʼlumotlarni olishlari hamda oʻzlarini qiziqtirgan savollarni berishlari mumkin.

Tashabbusga qiziqqan barcha eksportchilar va tadbirkorlarni asosiy yo‘nalishlar bo‘yicha eksport masalalarini muhokama qilish uchun quyidagi guruhlarga qo‘shilishga taklif qilamiz:

• Qishloq xo'jaligi va oziq-ovqat sanoati

• Qurilish mollari

• To'qimachilik sanoati

• Kimyo sanoati

• Charm va poyabzal sanoati

• Avtomobil sanoati

Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi barcha manfaatdor tomonlarga eksport faoliyatini rivojlantirish va rag‘batlantirishda zarur yordam ko‘rsatishga tayyorligini bildiradi.

...
Toshkentda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Xorijiy investorlar kengashi Ishchi guruhlarining uchrashuvlari bo‘lib o‘tdi
22.06.2024

Joriy yilning 13-iyun kuni Toshkent shahrida kapital bozorini rivojlantirish va Xalqaro moliya-texnologik markazini tashkil etish hamda “Muqobil investitsiyalar toʻgʻrisida”gi qonunni ishlab chiqish boʻyicha Ishchi guruhlarning uchrashuvi boʻlib oʻtdi. Tadbir Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Xorijiy investorlar kengashi doirasida YeTTB koʻmagida Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi tomonidan Raqamli texnologiyalar vazirligi va IT-Park bilan hamkorlikda tashkil etildi.

Tadbirda xorijiy investorlar, xalqaro moliya tashkilotlari vakillari, vazirlik va idoralar rahbarlari, O‘zbekistonning biznes va tegishli tashkilotlari vakillari, shuningdek, xalqaro va mahalliy ekspertlar, ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.

Uchrashuv davomida 2024-yilga moʻljallangan texnologiya kompaniyalarini jalb qilishga urgʻu berilgan holda Xalqaro moliya-texnologik markazini tashkil etish boʻyicha Strategik rejaning ustuvor vazifalari muhokama qilindi. Asosiy eʼtibor Markaz faoliyati toʻgʻrisidagi qonunni ishlab chiqish va qabul qilish, investorlar uchun shart-sharoit yaratish, Markaz faoliyatini targʻib qilish va jahon miqyosida Oʻzbekistonning investitsiyaviy jozibadorligini yuksaltirish masalalariga qaratildi. Shuningdek, korporativ boshqaruv va shartnomaviy munosabatlarni tartibga solish nuqtai nazaridan investorlar uchun huquqiy muhitni rivojlantirish, milliy moliya bozorini modernizatsiya qilish masalalari ham muhokama qilindi.

Mutaxassislarning fikricha, barcha belgilangan vazifalarning muvaffaqiyatli amalga oshirilishi va Markazning ishga tushirilishi investitsiyalarning uzoq muddatli istiqbolda barqaror o‘sishini, yalpi ichki mahsulotning har yili 1 foizga oshishini va 2028-yilga borib 7-8 milliard dollarlik portfel investitsiyalarini jalb qilishni ta’minlaydi. Bundan tashqari, 10 yil ichida 15-20 mingta yangi yuqori malakali ish o‘rinlari yaratilishi kutilmoqda.

Yig‘ilishda “Aksiyadorlik jamiyatlari va investorlar huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartish va qo‘shimchalar loyihalari hamda “Xalqaro moliya-texnologik markaz to‘g‘risida”gi qonun konsepsiyasi taqdim etildi va muhokama qilindi. Shuningdek, “Muqobil investitsiya infratuzilmasini rivojlantirish uchun shart-sharoitlar yaratish: jahon amaliyoti va O‘zbekistonda joriy qilish vositalari” mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi. Unda investitsiyalar va kapital bozorlari, korporativ boshqaruv bo‘yicha ekspertlar va huquqshunoslar o‘zaro fikr almashdilar va bir qator takliflar ishlab chiqdilar. takliflar.

Yig'ilishda ishlab chiqilgan konstruktiv takliflar Ishchi guruhlar tomonidan kelgusida hayotga tatbiq qilish uchun qabul qilindi.

Tavsiya qilamiz